Fransiyadagi axloq tuzatish muassasalari va qamoqxonaning haddan tashqari to‘lib ketishi jiddiy tashvish tug‘dirmoqda.
Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari idorasida qiynoqlarga qarshi qo‘mita yig‘ilishida hamma’ruzachi va ekspert Abdurazzoq Ruvan ma’lum qildi.
Qo‘mita qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazolarga qarshi konvensiya qoidalariga muvofiq Fransiyaning sakkizinchi davriy hisobotini o‘rganish jarayonini yakunladi.
Ma’lum qilinishicha, Fransiya qamoqxonalarida 79 mingdan ortiq mahbus bor, umumiy joylar soni esa 61 mingni tashkil etadi: "Axloq tuzatish muassasalarida kemiruvchilar, tarakanlarning ommaviy ko‘payishi, sanitariya sharoitlarining yomonligi va xodimlar yetishmasligi haqida ma’lumotlar bor".