Fransiya Isroil zarbalari tufayli Livan armiyasiga yordamni oshiradi . Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Jan-Noel Barro Bayrutdagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi , deb xabar beradi Reuters .
«Biz Livan ichki xavfsizligi va birligining kafolati bo‘lgan armiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiramiz», dedi respublika tashqi siyosat boshqarmasi boshlig‘i.
Biroq fransuz diplomati Parijdan ko‘rsatilayotgan yordam tafsilotlarini oshkor qilmadi.