Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Fransiya Erdo‘g‘anning ruhan nosog‘lom degan so‘zlaridan so‘ng Turkiyadagi elchisini chaqirtirib oldi

Fransiya Erdo‘g‘anning ruhan nosog‘lom degan so‘zlaridan so‘ng Turkiyadagi elchisini chaqirtirib oldi

Parij Anqaradagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda BFMTV.

Parij yaqinida tarix o‘qituvchisi Samyuel Pati Abdulaxan Anzorov tomonidan o‘ldirilgach, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron mamlakatning dunyoviy qadriyatlarini radikal islomdan himoya qilishga va’da berdi. Shu bilan birga, Fransiya yetakchisi Islom dini butun dunyoda inqirozni boshidan kechirayotganini aytdi.

Uning aynan mana shu so‘zlari Turkiya prezidentining g‘azabini keltirdi. Erdo‘g‘an bunday so‘zlarni ruhan nosog‘lom odamgina gapirishi mumkinligini, Makron ruhiy davolanishga muhtojligini bildirdi.

Turkiya prezidenti shuningdek, Yevropa «musulmonlarga qarshi front ochish» bilan o‘zini-o‘zi tamom qilayotganligini aytdi.

Kiritildi: 11:21 25.10.2020. O'qildi: 3255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!