Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fransiya bosh vazir lavozimiga nomzod yahudiy vatandoshlariga Islomga qarshi qalqon bo‘lishga va’da berdi

Fransiya bosh vazir lavozimiga nomzod yahudiy vatandoshlariga Islomga qarshi qalqon bo‘lishga va’da berdi

Bugungi kunda Falastin davlatini tan olish terrorni tan olish bilan barobar, deya ma’lum qildi Fransiya o‘ng qanot Milliy birlashuv partiyasi yetakchisi va bosh vazir lavozimiga nomzod Jordan Bardella 24 iyun, dushanba kuni.

“Ikki davlat pozisiyasi (Isroil va Falastin) 7 oktyabr kuni HAMASning vahshiyliklari va hujumlaridan so‘ng eskirdi. Falastin davlatini tan olish terrorizmni tan olishni anglatadi. Men yahudiy vatandoshlarimizga islomiylik qarshisida qalqon bo‘laman”, — dedi Fransiya bosh vaziri lavozimiga nomzod Bardella.

O‘ta o‘ngchi siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, u Ukrainaga fransuz qo‘shinlarining yuborilishiga va Rossiya hududiga zarba bera oladigan uzoq masofali raketalarning yetkazib berilishiga ham ruxsat bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni Makron o‘zining Uyg‘onish davri partiyasi Yevropa parlamentiga saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, Milliy assambleyani (parlament) tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga qaror qildi. Birinchi bosqich 30 iyun kuni, ikkinchi davra esa 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:59 25.06.2024. O'qildi: 1736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!