Federal qidiruv byurosi AQShning Eronga bergan zarbasi natijalariga oid maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilgan shaxsni tergov qilmoqda.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt ma’lum qildi.
"Bu o‘ta maxfiy ma’lumot. Bu ommaviy axborot vositalariga oshkor qilinmasligi kerak. Afsuski, kimdir uni noqonuniy ravishda oshkor qilishga qaror qildi va hozir FQB bu shaxs ustidan tergov olib bormoqda", - dedi u.
Seshanba kuni Amerika ommaviy axborot vositalari, jumladan, CNN AQSh mudofaa razvedka agentligi hisobotiga tayanib, AQSh Eronning uchta yadroviy ob’ektiga zarbalar bergani Eron yadroviy dasturining asosiy tarkibiy qismlarini yo‘q qilmagani va AQSh razvedkasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, uning rivojlanishini bir necha oyga orqaga surgani haqida xabar berdi.