Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Foydali resurslar bo‘yicha bitim imzolangach, Tramp ma’muriyati Ukrainaga qurol sotishni qayta yo‘lga qo‘ydi — Kyiv Post

Foydali resurslar bo‘yicha bitim imzolangach, Tramp ma’muriyati Ukrainaga qurol sotishni qayta yo‘lga qo‘ydi — Kyiv Post

Gazetaning manbalariga tayanib yozishicha, Oq uy Kongressni Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat savdosi (DCS dasturi) orqali mudofaa mahsulotlarini eksport qilishiga ruxsat berish rejasi haqida xabardor qilgan. Bitim qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lishi mumkin. Ukrainaga aniq qanday turdagi qurol-yarog‘ yetkazilishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Bu dastur avval ham mavjud bo‘lgan, ammo qurol-yarog‘ning asosiy qismi Ukraina tomonidan bepul olinar edi. 2015 yildan 2023 yilgacha Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga tijorat asosida jami 1,6 milliard dollarlik harbiy mahsulotlar eksport qilgan. Tramp inaugurasiyasidan so‘ng esa qurol va harbiy xizmatlar savdosi to‘xtatilgandi.

Shu bilan birga, hozircha yangi bepul harbiy yordam paketlari ajratilishi haqida gap ketmayapti, Ukraina qurolni endi pullik asosda sotib oladi.

Kiritildi: 13:14 01.05.2025. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!