Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Fotogalereya: Dubay amirligi shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum yurtimizda...

A A A
Fotogalereya: Dubay amirligi shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum yurtimizda...

13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga keldi. Ma’lum qilinishicha, Shahzoda Hamdan ibn Muhammad lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib kelgan. Bu Hamdan ibn Muhammad uchun an’ana bo‘lib, u har yili O‘zbekistonga ov qilish maqsadida keladi.

Hamdan ibn Muhammad boshchiligidagi delegasiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi.

Ma’lumot uchun, Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktumning o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.

Kiritildi: 14:40 17.10.2019. O'qildi: 9450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!