Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar ro‘yxati aniq belgilandi

 Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar ro‘yxati aniq belgilandi

Qonunga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati belgilandi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etiladi, jumladan:

▪️ xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik;
▪️ transportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
▪️ belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kmdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish;
▪️ to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi va boshqalar.

⏳ Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun jazo qo‘llash muddatlari aniq belgilandi.

🔎 Yo‘l qoidalari buzilganligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llanadi.

📁 Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!