Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Foto: Farg‘onadagi yangi qurilgan uyda juda katta yoriq paydo bo‘ldi

Foto: Farg‘onadagi yangi qurilgan uyda juda katta yoriq paydo bo‘ldi

Facebook’dagi «Farg‘ona vodiysi» guruhida kutilmagan suratlar joylashtirildi.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, turar-joy binosining o‘rtasida katta yoriq paydo bo‘lgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqning ba’zi foydalanuvchilari bu yoriq emasligi, balki maxsus «chok» ekanini ta’kidlashgan.

«Qabul qilib olgan davlat tashkilotida hamma ayb. Qurilish paytida smetadan chiqilmayotganini tekshirish kerak. Xalqning xavfsizligidan muhim ishlar bor, shekilli», - deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

«Bu bino to‘g‘ri qurilgan, agar bino uzun bo‘lsa binoda seysmik chok qo‘yiladi, bino seysmikligini oshirish uchun. Bu ochiq turgan joyi ochiq tursa ham chiroyli tursin, deb yamab qo‘ysa bo‘ladi. Bu hech qanaqa yoriq emas», - deb yozadi boshqa bir foydalanuvchi.

Kiritildi: 13:25 25.10.2018. O'qildi: 3014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!