Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Forishda harbiy pahlavonlar musobaqasiga start berildi

Forishda harbiy pahlavonlar musobaqasiga start berildi

Forish tog‘-dala o‘quv maydonida Qurolli Kuchlar miqyosida o‘z kasbining ustasi bo‘lgan harbiy xizmatchilarni aniqlashga qaratilgan harbiy pahlavonlar musobaqasiga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Forishda harbiy pahlavonlar musobaqasiga start berildiBir necha yillardan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa harbiy xizmatchilarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish va ular ichidan eng ilg‘orlarni aniqlashi bilan ahamiyatlidir.

Forishda harbiy pahlavonlar musobaqasiga start berildi Forishda harbiy pahlavonlar musobaqasiga start berildi

Musobaqalar davomida “Eng ilg‘or harbiy qism komandiri”, “Eng ilg‘or batalyon komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri”, “Eng ilg‘or guruh komandiri” va “Eng ilg‘or serjant” nominasiyalari g‘oliblari aniqlanadi. Forishda harbiy pahlavonlar musobaqasiga start berildi

Ishtirokchilar jismoniy – bunda olis va yaqin masofalarga vaqt kesimida yugurish, turnikda tortilish, taktik va otish tayyorgarligi, texnik tayyorgarlik, yagona to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish kabi qator mashqlarda o‘zaro bellashadilar.

Kiritildi: 17:37 01.12.2020. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!