Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fojia! Yong‘in natijasida 6 kishi — butun oila halok bo‘ldi (video)

Fojia! Yong‘in natijasida 6 kishi — butun oila halok bo‘ldi (video)

Tatariston poytaxtidagi uylardan birida yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda bir oilaning barcha a’zosi jami 6 kishi halok bo‘ldi. Ularning uch nafari bolalar edi, deb xabar tarqatdi RF FVV matbuot xizmati.

Layf nashriga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 23:33 da navbatchi qismga bir qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelgan. O‘t o‘chiruvchilar shu zahoti voqea joyiga yetib borishgan.

Afsuski, dastlab yong‘in sodir bo‘lgan uydan oila xo‘jayini 1985 yilda tug‘ilgan erkakning jasadi topilgan. Keyinroq esa 9 oylik qizaloq va 9 hamda 11 yashar o‘g‘il bolalar, shuningdek, 1983 yilda tug‘ilgan ayol hamda 1955 yilda tug‘ilgan buvi ham halok bo‘lgani aniqlandi, ularning ham jasadi topilgan.

Ayni damda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 13:29 22.04.2019. O'qildi: 2021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!