Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Fojia! To‘raqo‘rg‘onlik erkak ukasining xotini va qizini qasddan o‘ldirdi

Fojia! To‘raqo‘rg‘onlik erkak ukasining xotini va qizini qasddan o‘ldirdi

24.06.2019 yil soat 23:00 larda fuqaro A.A. (1961 y.t.) meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zaro taqsimlashda ukasi bilan yuzaga kelgan nizo oqibatida ukasining uyida uning oila a’zolari bilan o‘zaro janjallashib, qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan dastlab ukasining turmush o‘rtog‘i G.M. (1964 y.t.) hamda uning qizlari X.A. (1987 y.t.) va G.A. (1994 y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Olgan tan jarohatlari oqibatida G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etganlar, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan 24.06.2019 yilda A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.A. tegishli prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 13:47 26.06.2019. O'qildi: 2926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!