Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fojia! Namanganlik erkak ukasi uchun o‘ch oldi

Fojia! Namanganlik erkak ukasi uchun o‘ch oldi

Namangan. 2020 yilning 1 aprel kuni soat 09:30 da mavsumiy ishchi, 33 yoshli M.YU. Namangan shahri Marg‘ilon ko‘chasida yashovchi, 22 yoshli A.A. uning ukasini urganligi sababli A.A. bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan chap kurak sohasiga bir marotaba urib unga tan jarohati yetkazgan.

Natijada, A.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.  Hodisa sodir bo‘lgan joyidan daliliy ashyo sifatida oshxona pichog‘i olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:14 03.04.2020. O'qildi: 5069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!