Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik sportchi haqida: “Dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi”

Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik sportchi haqida: “Dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi”

Floyd Meyvezer Mahmud Murodovni dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi deb atadi. Bu haqda Instagram᾽da post yozib qoldirgan.

MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.  Murodov Ultimate Fighting Championship (UFC) aralash janglar bo‘yicha chempionatda hamda MMAA Arena, XFN, BA kabi turnirlarda ishtirok etadi.

So‘nggi ikki jangida nokaut bilan raqiblarini yer tishlatdi. U janglarida o‘zining shiddatli zarbalari bilan raqablari dog‘da qoldiradi va tez-tez jahon yulduzlari sahifalarida paydo bo‘lib turadi.

Mahmud Murodov Tojikistonda tug‘ilgan, 2 yoshida oilasi bilan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Murodovlar oilasi Buxoroda yashaydi. Sportga yoshligidan qiziqqan, akasi Ruslanni o‘zining birinchi murabbiyi deb biladi.

Floyd Meyvezer – amerikalik professional bokschi. U 50 ta jang o‘tkazgan va biror marta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan. Shuningdek, sportchi tarixdagi eng ko‘p haq oluvchi bokschi sifatida tan olingan.


 

Kiritildi: 21:30 12.08.2019. O'qildi: 3498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!