"Real"da prezident lavozimini egallab turgan Florentino Peres klub miqyosi haqida gapirdi.
"Real" muxlislari butun dunyoda bor. "Real" muxlislari Yevropa Ittifoqi aholisidan ko‘proq. Biz iqtisodiy nuqtai nazardan eng katta va eng nufuzli klubmiz. Bizning kuchimiz shundaki, biz "Real" qadriyatlari va tarixi bilan birlashgan katta oilamiz. Biz hech narsadan qo‘rqmaymiz. Biz barcha qoidalarga rioya qilamiz. Muvaffaqiyatsiz transferlar tufayli bizga bosim o‘tkaza olishmaydi. Afsuski, aksariyat klublarda bunday emas. Ko‘pchilik bir kun bilan yashaydi", - deya Peresning so‘zlarini keltiradi Marca.