Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Fiso yaqin kunlarda Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin

Fiso yaqin kunlarda Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin

Slovakiya bosh vaziri Robert Fisoning aytishicha, uning Ukraina hududi orqali Rossiya gazining tranzitini muhokama qilish uchun Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi yaqin bir necha kun ichida bo‘lib o‘tishi mumkin.

"Biz boshqa uchrashuv sanasini izlamoqdamiz, u yaqin kunlar ichida bo‘lib o‘tishi lozim," - deya Fisoning so‘zlarini "Pravda" portali keltirmoqda.

Ilgari Fiso Zelenskiyga Slovakiya va Ukraina davlat chegarasi yaqinidagi Slovakiya hududida uchrashuv o‘tkazishni taklif etgan edi. Uning ta’kidlashicha, "uchrashuv Slovakiya va boshqa mamlakatlarga Ukraina hududi orqali gaz yetkazib berish masalalarini ochiqchasiga muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratadi." Zelenskiy Slovakiya bosh vazirining taklifiga javoban unga 17 yanvar kuni shaxsan Kiyevga tashrif buyurishni taklif qildi. Keyinchalik Slovakiya parlamenti rais o‘rinbosari Tibor Gashpar TASSga Fitsoning juma kuni Kiyevga bormasligi haqida ma’lum qildi.

1 yanvar kuni Ukraina hukumati shartnomani uzaytirishni rad etganligi sababli, Ukraina hududi orqali Rossiya gazining Yevropaga tranziti butunlay to‘xtatildi. Ushbu gazni Slovakiya ham qabul qilardi. Keyinchalik Fitso Ukraina delegasiyasining ishtirok etmasligi tufayli Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 7 yanvarga mo‘ljallangan gaz bo‘yicha maslahatlashuvi barbod bo‘lganini ma’lum qildi. 9 yanvar kuni Slovakiya bosh vaziri, agar gaz tranziti bilan bog‘liq muammolar hal etilmasa, Ukrainaga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bilan tahdid qildi.

Kiritildi: 22:00 16.01.2025. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!