Fiso Rossiya gazining tranziti to‘xtatilgani uchun Slovakiyadagi ukrainaliklarga yordamni cheklash bilan tahdid qildi.
Slovakiya bosh vaziri Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini to‘xtatilishini "Zelenskiyning sabotaji" deb atadi va bu tufayli Slovakiyaning yo‘qotishlari yiliga 500 million yevroni tashkil etishini aytdi.
Fisoning qo‘shimcha qilishicha, Slovakiya hukumati Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish, shuningdek, Slovakiyada bo‘lgan ukrainalik qochqinlarni “qo‘llab-quvvatlashni sezilarli darajada kamaytirish”ni muhokama qiladi.