"Hech kim hech narsa eshitmagan, hech kim ko‘rmagan, guvohlar yo‘q, ammo bu Politico nashriga yolg‘on tarqatishiga xalal bermadi", - deb izoh berdi Slovakiya bosh vaziri.
Oldinroq Politico, go‘yoki Fiso, Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng, “AQSh prezidentining ruhiy holatidan xavotir bildirgani” haqida yozgan edi.
Slovakiya bosh vazirining fikriga ko‘ra, nashrning maqsadi — Slovakiyaning boshqa davlatlar bilan konstruktiv munosabatlariga putur yetkazishdir. Aslida Fiso Trampning ko‘plab strategiyalariga qo‘shilgan.