Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Firibgarlikka qarshi: Green Card lotereyasida qatnashish shartlari o‘zgardi

Firibgarlikka qarshi: Green Card lotereyasida qatnashish shartlari o‘zgardi

5 iyun kuni AQSh Davlat departamenti asosiy murojaatchi o‘z fuqarosi bo‘lgan mamlakat haqidagi pasport ma’lumotlarini taqdim etishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Bunday ma’lumot pasport raqami, uni bergan davlat va pasportning amal qilish muddati o‘z ichiga oladi.

Davlat departamentining ta’kidlashicha, yangi talab har yili Diversity Visa dasturida qatnashish uchun topshiriladigan ko‘p miqdordagi firibgarlik yo‘li bilan to‘ldirilgan arizalar bilan bog‘liq. Xabarda aytilishicha, ba’zida jinoiy korxonalar o‘zining xabari bo‘lmagan shaxslar nomiga ariza topshiradi.

«Tasdiqlanmagan yozuvlarni topshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar ko‘p hollarda shaxsiy ma’lumotlari DV dasturining tanlangan ma’lumotlarida foydalanilgan shaxslar bilan bog‘lanadi. Ularga vizaga topshirish imkoniyati borligini aytib, to‘lov evaziga chet elga chiqish haqida ma’lumotni saqlaydi», — deydi Davlat departamenti.

Shuningdek, Departament pasport ma’lumotlarini so‘rash uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan soxta yozuvlar sonini kamaytirishini qayd etdi.

Bundan tashqari, Departament ishtirokchi sifatida tanlangan shaxslar barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmasa va ko‘rsatmalarga rioya qilmasa, diskvalifikasiya qilinishi haqida aytib o‘tdi.

Amaldagi yo‘riqnomada barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik diskvalifikasiya qilinishiga olib kelishi ko‘rsatilmagan.

Kiritildi: 11:03 09.06.2019. O'qildi: 2290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!