Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Firibgarlik nima? Unga qanday jazo belgilangan?

Firibgarlik nima? Unga qanday jazo belgilangan?

Firibgarlik jinoyati - iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar toifasiga kirib, unga amaldagi Jinoyat kodeksining 168-moddasida ta’rif berilgan. Mazkur ta’rifga ko‘ra, firibgarlik - aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritishdir.

Jinoyat kodeksining mazkur moddasiga ko‘ra, firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs:

— Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;

— 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

— 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

— 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin.

Firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:

— BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;

— 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

— 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

— 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:

— BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;

— 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

— muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agarda, firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa:

— BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima;

— 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Nodirjon Raimqulov,

Farg‘ona viloyat sudi sudyasi

Kiritildi: 11:26 28.09.2022. O'qildi: 3426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!