Termiz shahrida 2022 yil 1 noyabr kuni, shaharning «A.Jomiy» mahallasida yashovchi T.Sardor (ism shariflar o‘zgartirilgan), Sariosiyo tumanida yashovchi, O.Shuxratga bankdan kredit mablag‘i olish uchun garov sifatida mulk topib berishini aytib, unga bir-nechta mulklarni taklif qilishi ortidan, uning ishonchiga kirib, T.Sardordan jami 10 000 (o‘n ming) AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib qaytarib bermasdan o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.Sardorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.