Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Finlyandiya va Estoniya o‘rtasidagi yana uchta kabel shikastlandi

Finlyandiya va Estoniya o‘rtasidagi yana uchta kabel shikastlandi

Suv ostidagi telekommunikasion kabellardan biri Citic Telecom kompaniyasiga, qolgan ikkitasi esa Elisa kompaniyasiga tegishli. Estoniya iqtisodiyot vazirligi xabariga ko‘ra, nosozlikning sababi hali noma’lum.

Estoniya bosh vaziri Kristen Mixal ushbu hodisa sababli hukumatning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishini e’lon qildi.

Avvalroq Finlyandiyadan Estoniyaga elektr energiyasini yetkazib beruvchi Estlink 2 kabelining uzilgani haqida xabar berilgan edi. Finlyandiyaning tarmoq kompaniyasi Fingrid bu hodisada sabotaj ehtimolini rad etmadi. Finlyandiya polisiyasi kabelning uzilgan joy yaqinida bo‘lgan kemalarni tekshirishni boshladi.

Yle ma’lumotiga ko‘ra, Gonkong bayrog‘i ostida suzayotgan Xin Xin Tian 2 konteyner tashuvchi kemasi kabelda uzilish bo‘lgan paytda vaqtda uning yaqinida bo‘lgan. Shuningdek, kabel yonidan Sankt-Peterburgdan Misrga yo‘l olayotgan Kuk orollari bayrog‘i ostidagi Eagle S kemasi ham o‘tgan.

Kiritildi: 07:19 27.12.2024. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!