Finlyandiya 14 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga tayyorlanmoqda.
Finlyandiya chegara xizmati vakili Xayki Ahtiaynenning Yle nashriga ma’lum qilishicha, chegarachilar to‘siqlarning bir qismini qoldiradilar, chunki ular nazorat-o‘tkazish punktini yana yopishga to‘g‘ri kelishini istisno qilmayapti.
"Agar chegaralar ochilsa, qochoqlar oqimi davom etadimi yoki yo‘qligini aniqlashimiz kerak", — deya ma’lum qildi Ahtiaynen. "Finlyandiya chegara xizmati mamlakatning sharqiy chegarasidagi cheklovlarni uzaytirishga tayyor", — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Finlyandiya Rossiya hududi orqali Afrika va Yaqin Sharqdan qochoqlarning katta oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlik chegarasini butunlay yopgan edi.