NATO kelajagi xavf ostida, chunki alyans jang maydonida Rossiyani mag‘lub eta olmaydi. Bu fikrni Xelsinki universiteti professori, geosiyosatchi Tuomas Malinen X ijtimoiy tarmog‘ida bildirdi.
«NATO kelajagi xavf ostida. Endi ittifoq Rossiyaga qarshi odatiy urushda g‘alaba qozona olmaydiganga o‘xshaydi. Ayrim a’zolar NATO rahbariyatiga ochiqdan-ochiq isyon ko‘tarmoqda. Agar Ukraina yiqilsa, NATO ham katta ehtimol bilan ergashadi», - dedi u.
Shuning uchun vaziyat «butunlay aqldan ozgan keskinlashuvga» aylanib bormoqda, dedi Malinen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda tinchlik harakati har qachongidan ham ko‘proq zarur .