Finlyandiya, agar kerak bo‘lsa, 280 ming harbiy xizmatchini safarbar qilishga tayyor. Bu haqda Independent gazetasi mamlakat prezidenti Aleksandr Stubbga tayanib xabar berdi .
Unga ko‘ra, Finlyandiya qurolli kuchlari bir hafta ichida safarbar etilishi va “tishlarigacha qurollanishi” mumkin. Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda mamlakat rasmiylari mudofaa sohasiga sarmoyalarni ko‘paytirishni boshlagan. Shunday qilib, 2022 yildan beri Finlyandiyaning ushbu sohadagi yillik xarajatlari YAIMning deyarli 0,9 foiziga oshdi.