Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Filippinda "COVID-19"ni boshqalarga yuqtirish qotillik deb baholanadi

Filippinda "COVID-19"ni boshqalarga yuqtirish qotillik deb baholanadi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte COVID-19 bilan kasallanganini bilgan holda qoidalarni buzgan va boshqalarga yuqtirgan kishilar qotil sifatida baholanishi taklifini ma’qulladi. Ushbu taklifni prezidentning huquqiy maslahatchisi Salvador Panelo bildirgan edi.

“Koronavirus bilan kasallanganini bilsa-da ko‘chaga chiqqan va boshqalarga yuqtirgan, oqibatda boshqalarning o‘limiga sababchi bo‘lish atayin qotillikka qo‘l urish, deb baholanishi kerak ”- deya hisoblaydi Panelo. Filippin rahbari uning fikrlarini ma’qulladi.

Worldometers xalqaro statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Filippinda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1, 27 millionni tashkil etadi, shundan 1, 19 mln kishi sog‘aygan, 21,9 ming kishi vafot etgan.

Kiritildi: 15:14 08.06.2021. O'qildi: 1510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!