Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

FIFA prezidenti 6 oktyabr kuni O‘zbekistonga keladi

FIFA prezidenti 6 oktyabr kuni O‘zbekistonga keladi

FIFA prezidenti Janni Infantino 6 oktyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FA xabar bergan.

«Yurtimizda davom etayotgan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Bir necha kundan so‘ng dunyoning eng kuchli futzal terma jamoasi nomi ma’lum bo‘ladi. Aynan JCh final uchrashuvini bevosita «Humo» arenadan tomosha qilish hamda tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 6 oktyabr kuni FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga yetib kelishi rejalashtirilmoqda», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Infantinoning Farg‘onada o‘tadigan O‘zbekiston kubogi finalini tomosha qilish uchun kelishi haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Kiritildi: 20:25 04.10.2024. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!