Xalqaro futbol federasiyasi kengashi (FIFA) tartib-intizom qo‘mitasiga Isroilning xatti-harakatlarini mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va diskriminasiya uchun tekshirishni buyurdi . Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan .
«FIFA Kengashi ushbu juda nozik masalani har tomonlama ko‘rib chiqdi. Ehtiyotkorlik bilan baholash asosida biz mustaqil ekspertlar tavsiyalariga amal qildik», — deyiladi xabarda. FIFA mintaqada tinchlikka chaqirdi.