Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

FIDE Jahon kubogi: Yarim finalchilar taqdirini tay-breyklar hal qiladi

FIDE Jahon kubogi: Yarim finalchilar taqdirini tay-breyklar hal qiladi

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun yarim final bosqichi doirasida javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar — Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev — ilk o‘yindagi kabi ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, 31-yurishda durangga imzo chekishdi.

Xitoylik Vey Yi va rossiyalik Andrey Yesipenko o‘rtasidagi ikkinchi bahs ham durang bilan tugadi.

Natijada ikki yarim final juftligining taqdiri ham tay-breyklarda hal bo‘ladi. Tay-brek bahslari bugun bo‘lib o‘tadi.

Yarim final g‘oliblari finalga yo‘l oladi va 2026 yilgi Nomzodlar turnirida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Mag‘lub bo‘lgan ikki shaxmatchi esa uchinchi o‘rin uchun bahsda qolgan yagona yo‘llanma uchun o‘zaro bellashadi.

Natijalar:
Vey Yi (Xitoy) — Andrey Yesipenko (Rossiya) - 1.0–1.0;
Nodirbek Yoqubboyev (O‘zbekiston) — Javohir Sindarov (O‘zbekiston) - 1.0–1.0.

Kiritildi: 14:21 23.11.2025. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!