Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Feodosiyadagi neft ombori deyarli butunlay vayron bo‘ldi

Feodosiyadagi neft ombori deyarli butunlay vayron bo‘ldi

Ukrainaning “KiberBoroshno” loyihasi Qrimdagi besh kundan ortiq yong‘in davom etgan neft omborining sun’iy yo‘ldosh suratini e’lon qildi.

Tahlilchilarning fikricha, bazadagi jami 12 ta rezervuar shikastlangan, ulardan 8 tasi yo‘q qilingan. Shuningdek, hududdagi binolar ham yonib ketgan.

Feodosiyadagi neft bazasida portlashlar va yong‘in 7 oktyabrga o‘tar kechasi boshlangandi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina mudofaa kuchlari neft mahsulotlarini tashish hajmi bo‘yicha Qrimdagi eng yirik dengiz neft terminaliga hujum qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, neft omborida saqlanayotgan barcha neft mahsulotlari yonib ketmaguncha, bunday yong‘inni o‘chirishning imkoni yo‘q. Mingdan ortiq odam yaqin atrofdagi hududlardan evakuasiya qilingan.

Qrim hukumati yong‘in bilan bog‘liq vaziyat yong‘in boshlanganidan olti kun o‘tib, kecha barqarorlashganini ma’lum qildi.

Shahar rahbari Igor Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, evakuasiya qilingan aholining aksariyati uylariga qaytgan.

"Biroq, favqulodda holat hali bekor qilingani yo‘q, yong‘in oqibatlarini bartaraf etish davom etmoqda", deb yozdi Tkachenko.

Kiritildi: 14:20 13.10.2024. O'qildi: 1575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!