Kecha Palm-Springs shahridagi (Kaliforniya) reproduktiv tibbiyot klinikasidagi portlash 25 yoshli Gay Edvard Bartkus tomonidan sodir etilgan. Bu haqda NBC News AQSh Federal qidiruv byurosiga (FTB) tayanib xabar berdi.
Federal qidiruv byurosi voqeani "qasddan qilingan terrorchilik harakati" deb baholadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum anti-natalistik mafkura bilan bog‘liq bo‘lib, bu odamlar farzand ko‘rmasligi kerak degan fikrni bildiradi. Bartkus hujum sababini tushuntirib bergan 30 daqiqalik audioyozuvni qoldirdi.
Qayd etilishicha, hujumchi o‘zi keltirib chiqargan portlash qurboniga aylangan. Hodisa oqibatida yana to‘rt kishi jarohatlangan.
Federal qidiruv byurosi, shuningdek, uy qurilishi portlovchi moddalar bilan tajriba o‘tkazayotgan odamlarning videolarini joylashtirgan Bartkus bilan bog‘langan YouTube akkauntini ham tekshirmoqda.