Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangiga tayyor

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangiga tayyor

Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov ertaga tongda AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ushbu jangda hamyurtimizga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi. Bugun Fazliddin muhim jang oldidan tarozidan o‘tdi, deb xabar bermoqda MOQ.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan. Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq. U professional ringda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.

Manba: darakchi. uz

Kiritildi: 16:25 20.10.2018. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!