Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Farzandlarini belkurak bilan jarohatlagan otaga jazo tayinlandi

Farzandlarini belkurak bilan jarohatlagan otaga jazo tayinlandi

Er-xotin janjali tufayli o‘z farzandlarini belkurak bilan jarohatlagan otaga sud hukmi o‘qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ijtimoiy tarmoqlar hamda televideniye orqali Navoiy viloyati Xatirchi tumanida er-xotin janjali tufayli ota o‘zining ikki norasida farzandini belkurak bilan urib, ularga og‘ir tan jarohati yetkazganligi haqida xabar va lavhalar tarqalgan edi.

Voqeaga oydinlik kiritadigan bo‘lsak, A.Boliyev (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) 2018 yil 29 oktyabr kuni soat 18:30 larda uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i S.Jumayeva bilan otasi I.Boliyev o‘zaro gap talashayotganini ko‘rib, turmush o‘rtog‘i bilan janjallashadi.

Shu vaqtda uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi 2014 yil tug‘ilgan Farangiz va 2016 yil tug‘ilgan Shohrux onamni urmang , deb onasining yoniga kelganida A.Boliyev uyida turgan belkurakni olib, farzandlarining bosh qismiga bir marotabadan uradi va ularga hayoti uchun xavfli og‘ir tan jarohati yetkazadi.

Dastlab sud majlisida so‘roq qilingan sudlanuvchi A.Boliyev va uning himoyachisi e’lon qilingan aybga qisman iqrorlik bildirib, o‘zining voyaga yetmagan farzandlarini qasddan belkurak bilan urmaganligi, janjal vaqtida belkurak bexosdan bolalariga tegib ketganligi haqida ko‘rsatma bergan.

Sudlanuvchi A.Boliyev va himoyachisining mazkur jinoyat ehtiyotsizlik orqasida sodir yetilganligi, uning farzandlariga tan jarohati yetkazishga qasdi bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi vajlari javobgarlikni yengillashtirish maqsadida o‘ylab topilgan deb hisoblanib, sudlanuvchining dastlabki tergov davrida bergan avval o‘g‘li Shohruxning boshiga, keyin esa qizi Farangizning ham boshiga qo‘lida turgan belkurak bilan urganligi haqidagi ko‘rsatmalari tufayli dalillar asosida sud tibbiy ekspertizasining xulosalari bilan to‘liq rad etildi.

Shunday bo‘lsa-da, yakunda jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari SH.Kamolov sudlanuvchi A. Boliyevning o‘z aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligini, turmush o‘rtog‘ining unga nisbatan davosi yo‘qligi va voyaga yetmagan ikki farzandi borligi kabi boshqa holatlarni e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan besh yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, ikki yil sinov muddati belgilandi va sudlanuvchi A.Boliyevga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalida qamoqdan ozod etildi.

Kiritildi: 12:30 18.02.2019. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!