Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Farzandim qat’iyatli va o‘ziga nisbatan ishonchi yuqori bo‘lsin, desangiz...

Farzandim qat’iyatli va o‘ziga nisbatan ishonchi yuqori bo‘lsin, desangiz...

Musiqiy ta’lim bolalar va o‘smirlarning ruhiy salomatligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqotchilar musiqa ta’limining roli haqidagi 30 ta ilmiy maqolani tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, musiqa tinglashdan farqli o‘laroq, uni faol o‘rganish - asboblar chalish, kompozisiyalar yaratish, ansambllarda qatnashish ularning ichki dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa bilan muntazam shug‘ullanuvchi maktab o‘quvchilarida o‘z qadr-qimmatini anglash, o‘ziga nisbatan ishonch, hissiy barqarorlik kuzatilgan. Shuningdek, ularda o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq ham yuqori bo‘ladi. Musiqa darslari o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashga yordam beradi va jamiyatga tegishlilik hissini yaratadi.

Musiqa darslarida xavfsiz, ilhomlantiruvchi muhit xukmron. Aynan shu bois o‘zini namoyon qilishga, qat’iyatlilikni rivojlantirishga, o‘ziga va boshqalarga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.

Kiritildi: 21:42 12.07.2025. O'qildi: 970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!