Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Farzandidan ayrilgan toshkentlik ayolning videosi Sog‘liqni saqlash vazirligini oyoqqa turg‘azdi (VIDEO)

A A A
Farzandidan ayrilgan toshkentlik ayolning videosi Sog‘liqni saqlash vazirligini oyoqqa turg‘azdi (VIDEO)

Farzandidan ayrilgan toshkentlik ayolning Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilgani aks etgan video tarqaldi.

«Dori-darmonlar, jihozlar yo‘q. Sog‘liqni saqlash tizimi yomon ahvolda», deydi Yelena Sarevskaya murojaatida.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini asbob-uskunalarning yetishmasligi, befarqlik va shifokorlarning qobiliyatsizligi sababli yo‘qotgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kunlik chaqaloq o‘pkasi ochilmay qolgani sababli vafot etgan, ammo onasining so‘zlariga ko‘ra, bola sog‘-salomat tug‘ilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari ayolga chuqur hamdardlik bildirishdi.

Bunday fojiali voqea shoshilinch tekshiruvni talab etayotganligi sababli, vazirning buyrug‘iga binoan ishchi guruh tuzildi va 2019 yil 2 dekabrda ushbu fuqaro tomonidan eslatib o‘tilgan tibbiy muassasada ichki tekshiruv boshlandi. Ushbu tekshirish bo‘lim boshlig‘ining shaxsiy nazorati ostida amalga oshiriladi.

Shuningdek, aybdorlar aniqlanib, jazoga tortilishi aytilmoqda.

Kiritildi: 12:45 04.12.2019. O'qildi: 5178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!