Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Farmasevtika zavodida yuz bergan portlashda 17 kishi halok bo‘ldi

Farmasevtika zavodida yuz bergan portlashda 17 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi farmasevtika zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi, natijada kamida 17 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi, deb yozadi Independent nashri.

Hodisa Escientia Advanced Sciences zavodida 21 avgust kuni yuz bergan va qutqaruv operasiyasi bir kundan keyin yakunlangan. Rasmiylarga ko‘ra, portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, yana 40 kishi jarohatlangan.

Favqulodda holatning dastlabki sababi kimyoviy reaktordan bug‘ning sizib chiqishi bo‘lgan. Aniq sabab tergov tomonidan aniqlanadi, u hozirda videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganmoqda va portlash sodir bo‘lishiga inson omili sabab bo‘lganmi yoki yo‘qligini tushunish uchun tirik qolgan xodimlar bilan suhbat o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, zavoddagi portlash so‘nggi bir necha yil ichida shtatdagi eng yirik portlash bo‘lgan.

Kiritildi: 18:15 22.08.2024. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!