Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Bir musulmon boshqa bir musulmonni ertalab ko‘rgani borsa, to kech kirgunicha yetmish ming farishta uning haqiga duoda bo‘ladi. Agar kechqurun ko‘rgani borsa, to ertalabgacha yetmish ming farishta uning haqiga duoda bo‘ladi hamda u kishiga jannatda terib, yig‘ib qo‘yilgan mevalar bo‘ladi”, deb aytganlarini eshitdim” (Imom Termiziy rivoyati).
Ey do‘stim! Allohdan so‘ramoqchi bo‘lgan hojatlaring bormi? Ijobatidan umidvor bo‘lgan duolaring bormi? Kimningdir duosiga muhtojmisan? Buning uchun senda imkoniyatlar to‘lib yotibdi. Yetmish ming farishtaning duosidan bebahra qolma. Ozgina vaqtingni ajratib bunday katta imkoniyatdan foydalanib qol. Ertaga borishni xohlagan joying jannat uchun bugun harakat qilib qol.
Toshkent shahar “Imom Termiziy” jome masjidi
imom noibi Saidxon Maxsumov tayyorladi.
Manba: muslim.uz