Telegram messedjerida tarqagan videoda IIO xodimi va fuqarolar noma’lum shaxsni yuqori quvvatli elektr tarmoq ustunidan tushishini iltimos qilayotganlari aks etgan. Ushbu faki bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
4 mart kuni taxminan soat 17.45 da erkak kishi “Qo‘yliq” bozori hududidagi yuqori quvvatli elektr tarmoq ustuniga chiqqani Bektemir tumani IIO FMB xodimlarining nazariga tushdi. Ustundan tushishini iltimos qilganlarga javoban u o‘z joniga qasd qilish niyati borligini aytgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari noxush hodisani oldini oldilar.
Noma’lum erkak – farg‘onalik muqaddam sudlangan 34 yoshli Doniyorbek D. ekanligi va u spirtli ichimlik ta’siri ostida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda D.D. Toshkent viloyati klinik psixiatriya shifoxonasiga joylandi, shifoxonada u bilan psixologlar ishlamoqdalar.