Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onadagi tuman hokimi ikki oyda ishdan olindi

A A A
Farg‘onadagi tuman hokimi ikki oyda ishdan olindi

Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani hokimi Mahammadjon Dehqonov ishdan olingan. «Kun.uz» manbasi ma’lumotiga ko‘ra, tumanga Akmaljon Azizovich Muhammadaliyev yangi hokim etib tayinlangan.

Hokim bilan birga tuman IIB boshlig‘i, soliq boshqarmasi rahbari hamda tuman prokurori ishdan olingan. Ayni vaqtda bu sektorlarga birinchi o‘rinbosarlar v.b sifatida tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Uchko‘prik tumani hokimi shu yil aprelida ham almashgandi. Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qattiq hayfsan olgan va tez orada ishdan ketgan Yo‘lchiboy Boyjigitov o‘rniga tayinlangan Mahammadjon Qalandarovich Dehqonov 12 iyun kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi vaqtida oxirgi marta ogohlantirilgandi.

Endilikda Uchko‘prik IIBning sobiq rahbariga aylangan podpolkovnik Xoldarov Muzaffarjon Mahmudovich ham shu yilning 3 martida lavozimga tayinlangandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 12:32 18.06.2018. O'qildi: 2063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik