Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada YPX xodimi qoidani buzdi. Unga qanday chora ko‘rildi? (FOTO)

Farg‘onada YPX xodimi qoidani buzdi. Unga qanday chora ko‘rildi? (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqda "Farg‘onada YPX xodimi qoidani buzdi" sarlavhasi ostidagi foto surat tarqaldi.

Foto suratda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar Turkiston va Xiyobon ko‘chalari kesishmasida viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan "Lasetti" rusumli, 40 130 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 3-bandi (yo‘l harakati qatnashchilari «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo‘l belgilari (ushbu qoidalarga  1-ilova), yo‘l chiziqlarining (ushbu qoidalarga  2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yo‘llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari shart)da belgilangan talablarni buzgan holda, avtomobil yo‘lida chizilgan 1.1 (qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini bildiradi, yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi, transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiradi, chiziqni bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno) yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlanganligi aks etgan.

Holat o‘rganildi va "Lasetti" rusumli, 40 130 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rildi.

Farg‘onada YPX xodimi qoidani buzdi. Unga qanday chora ko‘rildi? (FOTO)

Kiritildi: 10:59 26.01.2021. O'qildi: 4274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!