Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada O‘zbekistonda yagona bo‘lgan 300 gektarlik malina plantasiyasi barpo etilmoqda

Farg‘onada O‘zbekistonda yagona bo‘lgan 300 gektarlik malina plantasiyasi barpo etilmoqda

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani Vodil Qizilqo‘rg‘on massivida 300 gektar hududda malina yetishtirish loyihasi amalga kirishildi. Bu haqida Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati «Fargonaliklar24.uz»ga xabar berdi.

Malina yetishtirish plantasiyasi O‘zbekistonda deyarli yo‘q. Farg‘ona viloyati birinchilardan bo‘lib ushbu loyihani amaliy hayotga taqdim etmoqda.

19-oktyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tumanida bo‘lib malina plantasiyasini tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarga start berdi.

Plantasiya tashkil etmoqchi bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari hamda, ushbu loyihada yirik investisiyalar bilan ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Farg‘onada O‘zbekistonda yagona bo‘lgan 300 gektarlik malina plantasiyasi barpo etilmoqda

Suhbat davomida Turkiyalik tadbirkor Rasim Kichar viloyat hokimiga loyihasini taqdim etib, Turkiyaning malina yetishtirishga ixtisoshlashtirilgan Mersin viloyatidan tikansiz ko‘chatlarni olib kelish va ularni mahalliylashtirishni, an’anaviy usullardan voz kechgan holda 3 metr oraliqda malina qatorlarini joylashtirishni qayd etib o‘tdi.
Xabar qilinishicha, bugungi kunda mahalliy malina yetishtiruvchilarda hosildorlik 5-8 tonnani tashkil etgan. Agar zamonaviy agrotexnik usullardan foydalanilsa ushbu ko‘rsatkichni 25 tonnagacha yetkazish mumkinligi aytiladi.

Farg‘onada O‘zbekistonda yagona bo‘lgan 300 gektarlik malina plantasiyasi barpo etilmoqda

Xayrullo Bozarov hududdagi asosiy muammolardan biri bo‘lgan sug‘orish masalasiga ham e’tibor qaratib bu masalani ijobiy hal etdi. Burg‘ulash ishlarini olib borish orqali vertikal sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, suv chiqarish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi

Bunda har bir qazilgan vertikal sug‘orish quduqlarini (skvajinani) burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi, biroq 120 million so‘mdan oshmagan qismi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan subsidiya bilan qoplab beriladi. Shuningdek viloyat rahbarining ko‘rsatmasi bilan plantasiya tashkil etilishi rejalashtirilgan hudud bo‘ylab elektr simyog‘ochlari o‘rnatilib, kabellashtirilishi ta’minlananadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 10:02 20.10.2021. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!