Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada traktor boshqarib poyezd bilan to‘qnashgan o‘quvchi halok bo‘ldi

A A A
Farg‘onada traktor boshqarib poyezd bilan to‘qnashgan o‘quvchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida traktor poyezd bilan to‘qnashgan. IIV axborot xizmatining xabar berishicha, traktor boshqaruvida maktab o‘quvchisi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Buvayda tumanidagi maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi traktor boshqarib, poyezd yo‘liga chiqib ketgan.

Oqibatda traktor poyezd bilan to‘qnashgan va uni boshqarayotgan o‘quvchi halok bo‘lgan

Qayd etilishicha, o‘quvchi ta’lim olgan maktabda holat yuzasidan ota-onalar ishtirokida muhokama majlisi o‘tkazilgan. Unda YPX xodimlari yosh bolalarning transport vositalarini boshqarishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Shuningdek, poyezdlar bir izdan yurishi va ularni to‘xtatishning iloji bo‘lmasligi sababidan maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan bu hodisada mashinist aybdor bo‘lmasligi ta’kidlangan.

Kiritildi: 23:00 23.05.2024. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!