Kecha, 22 iyul kuni soat 02:00 larda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida qotillik ro‘y berdi.
Tumanning Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi F.S. yashash uyining oldida mahalladoshi A.T.ga tegishli Cobalt rusumli avtomashina turganligini ko‘rib, avzoyi buziladi.
Shundan so‘ng, F.S. mahalladoshi A.T. bilan janjallashib, tanasining bosh qismi va ko‘krak qafasiga tosh bilan bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan F.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: qalampir.com