Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada OITS kasalligiga chalinganini bilib, erkaklar bilan yaqin munosabatga kirishgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Farg‘onada OITS kasalligiga chalinganini bilib, erkaklar bilan yaqin munosabatga kirishgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Endigina 28 yoshni qarshilagan sudlanuvchi Nazokat Soliyeva (ism-shariflar shartli o‘zgartirilgan) o‘zida OIV infeksiyasi aniqlanganini bilib, ushbu kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida rasmiy ogohlantirilishiga qaramay, OIV infeksiyasi bilan kasallanganligini aytmasdan, himoya vositalaridan foydalanmay 2022 yilning mart oyida X.Karimov bilan, 2022 yilning aprel oyida J.Abdulazizov, A.Muxammadjonov va M.Meliqo‘ziyevlar bilan jinsiy aloqada bo‘lib, OIV infeksiyasini ularga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.

Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish uchun javobgarlik amaldagi Jinoyat kodeksining 113-moddasida nazarda tutilgan. Bila turib shaxsni OITS kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish o‘zida OITS kasalligi borligini bilgan shaxs tomonidan jabrlanuvchining shunday kasallikka chalinishi mumkin bo‘lgan turli harakatlar sodir etishidan iborat bo‘ladi. Yuqtirish xavfi ostida qoldirish aybdor tomonidan jabrlanuvchiga tegishli sharoitlarda kasallikni yuqtirish mumkin bo‘lgan shunday harakatlar sodir etilishini nazarda tutadiki, bunda kasallik faqat tasodifiy holatlar yoki jabrlanuvchi o‘ziga yuqtirmaslik uchun ko‘rgan choralar tufayligina yuqmasligi mumkin. Boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish usullari har xil.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida"gi qarorining 3-bandida, "jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo adolatli bo‘lishi - har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz ob’ekti (inson hayoti va sog‘lig‘i, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning qonunda qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanishi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.

Sud N.Soliyevaga nisbatan yuqoridagi yengillashtiruvchi holatlarni, shuningdek, jinoyat natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqmagani, jabrlanuvchilarga nisbatan OIV kasalligi yuqmaganligi, ularning da’vosi yo‘qligi va jazo masalasida yengillik berish haqidagi fikrlarini inobatga olib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Nodirjon Raimqulov, Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

Kiritildi: 14:35 10.06.2022. O'qildi: 4669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!