Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor «M.D.» MCHJ va boshqalardan undiruvchi «Aloqabank» AT foydasiga jami 3 212 062 AQSh dollari miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida garov mulki hisoblangan «L.Z.» nodavlat ta’lim muassasasiga tegishli Farg‘ona shahri 1-Beshbola mahallasida joylashgan bino va inshootlar xatlangan.
Mazkur ko‘chmas mulkka 40 milliard so‘m boshlang‘ich baholash qiymati belgilanib, ochiq elektron auksion savdosiga chiqarilgan.
Ta’kidlanishicha, ixtiyoriy muddatda qarz to‘lanmasa, garov mulki qonun doirasida sotiladi va tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Majburiy ijro byurosi sud hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha qonuniy choralarni qat’iy davom ettirmoqda.