Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada mast er 29 yoshli xotinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

Farg‘onada mast er 29 yoshli xotinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

Farg‘onada 35 yashar er oilaviy kelishmovchilik sabab 29 yoshli turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Daryo» muxbiriga ma’lum qilishicha, voqea 23 noyabr kuni soat 14:30 larda Buvayda tumanidagi «Yashnarobod» mahallasida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.U. mast holatda qaynonasining yashash xonadoniga borib, turmush o‘rtog‘i YU.U. bilan o‘zaro janjallashgan. Erkak qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan rafiqasining ko‘kragiga qasddan zarba bergan. Buning oqibatida ayol og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Z.U.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishi yuzasidan Buvayda tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:19 24.11.2021. O'qildi: 3318 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!