Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada Koreyaning nufuzli universiteti filiali ochiladi-mi?

Farg‘onada Koreyaning nufuzli universiteti filiali ochiladi-mi?

Koreya Respublikasining JEI universiteti prezidenti Li Ji Vu boshchiligidagi delegasiya Farg‘ona viloyatida bo‘lib, oliy ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bordi.

Bugungi kunda O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya Respublikalari o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, turizm sohalarini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’lim sohasida ham hamkorlik tobora kengayib borayotgani, yurtimizda Koreya oliygohlarining filiallari tashkil etilayotgani ham aloqalarni mustahkamlanayotganidan dalolatdir.

Dastlab delegasiya a’zolarini Farg‘ona viloyati hokimi SH. G‘aniyev qabul qildi. Mehmonlarga viloyatda Koreya Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, oliy ta’lim sohasidagi ishlar xususida ma’lumot berildi. JEI universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Yo‘l xaritasi doirasida viloyatda Koreya Respublikasining JEI universiteti filialini ochish rejalashtirilgan.

Mehmonlar Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona politexnika institutida ham bo‘lib, samimiy muloqot olib bordi. Ular oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muzokaralar natijasida JEI universitetining filialini ochish yuzasidan memorandum imzolandi.

Manba: uza. uz

Kiritildi: 21:12 21.01.2019. O'qildi: 2552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!