Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat oldi

A A A
Farg‘onada ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat oldi

11 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi A.X. Nexia rusumli avtomashinani Qalaynov qishlog‘i hududida haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, to‘g‘risidan harakatlanib kelayotgan B.A. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Natijada qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Nexia avtomashinasining haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 13:13 12.11.2018. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!