Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada chumchuq go‘shtidan taomlar tayyorlanadigan kafe ochildi

Farg‘onada chumchuq go‘shtidan taomlar tayyorlanadigan kafe ochildi

Farg‘onada chumchuq go‘shtidan taom tayyorlanadigan yemakxona ochilgani haqida “Ekolog.uz” Telegram-kanali xabar bermoqda. Ushbu kafe Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on dodxoh mahallasida joylashgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, chumchuqlar faqat hasharotlar bilan oziqlanadi, poloponlarini ham shu hasharotlar bilan boqadi. Ayniqsa, bahor faslida chumchuqlarning foydasi juda sezilarli bo‘ladi. Bir juft chumchuq bir oyda 3 kg gacha bog‘ zararkunandalarini yeb bitiradi.

Ekofaollar viloyat Ekologiya boshqarmasi, Ekologik partiyaning viloyat bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar holatga huquqiy baho berishini so‘ramoqda.

Kiritildi: 10:25 19.04.2024. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!