Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada alimentdan 10 yillik qarzdor ota ushlandi

Farg‘onada alimentdan 10 yillik qarzdor ota ushlandi

Farg‘onada 10 yil davomida farzandiga aliment to‘lashdan qochib yurgan ota qo‘lga tushdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Ijro hujjatiga ko‘ra, Farg‘ona shahrida yashovchi A.T.dan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor ota aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli unga nisbatan 2022 yilning yanvar oyida qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlariga ko‘ra, qarzdor ota 2014 yil fevral oyida Rossiya davlatiga chiqib ketgani aniqlangan.

2024 yil iyun oyida Rossiya davlatidan qaytgan qarzdor ota Farg‘ona shahridan topilib, davlat ijrochisiga topshirilgan.

“Qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) asosan qonuniy chora ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda

Kiritildi: 23:32 22.06.2024. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!